Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (64 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (64 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyundagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3785-sonli qarori haqida

2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda FXDYo organlarining roli va ahamiyatini oshirish, shuningdek, aholiga ko`rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifatini yaxshilash maqsadida:

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi QAROR QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyundagi  “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3785-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

 

a) Quyidagilar:

birinchi - vakolatli organlarda tug`ilish, o`lim, nikoh tuzish
va nikohdan ajralish, familiya, ism va ota ismini o`zgartirish kabi voqea hamda faktlarni keng qamrovli qayd etish yo`li bilan fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilishni ta`minlash;

ikkinchi - eng muhim yuridik faktlarni qayd etmasdan qoldirish oqibatlariga alohida e`tibor qaratgan holda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga
va jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlashga qaratilgan keng qamrovli huquqiy targ`ibot ishlarini olib borish;

uchinchi - FXDYo organlarining oila institutini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va oila ajralishlarining oldini olish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarda faol ishtirok etish;

to`rtinchi - FXDYo organlari faoliyatida aholiga davlat xizmatlarini ko`rsatish tartib-taomillarini engillashtirishga, jumladan, vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga bormasdan xizmatlar ko`rsatilishiga, xizmatlarning sifati va tezkorligini oshirishga, eksterritoriallik printsipi asosida arxiv ma`lumotnomalari va axborotini olish imkoniyatini beruvchi fuqarolik holati yagona elektron arxivini shakllantirishga qaratilgan innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish;

beshinchi - fuqarolik holati yuridik faktlarini aniqlash va ularni o`z vaqtida qayd etish borasida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishni amalga oshiruvchi organlar mahalliy davlat hokimiyati, ichki ishlar, sog`liqni saqlash, vasiylik va homiylik, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari hamda ta`lim muassasalari bilan samarali hamkorlik qilish;

oltinchi - mazkur sohada byurokratiya va korruptsiya yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan idoralararo elektron hamkorlikni kengaytirish orqali, jumladan, olis joylardagi aholi punktlariga chiqqan holda (“mobil` davlat xizmatlari”) davlat xizmatlari ko`rsatishning maqbul
va qulay uslublarini ishlatish;

ettinchi - FXDYo organlari tomonidan davlat xizmatlarini ko`rsatish jarayonida qulaylikni va shaffoflikni ta`minlash, xodimlar tomonidan kasb etikasi qoidalari va funktsional vazifalarga amal qilish, fuqarolik holati dalolatnomalarini sifatli va tezkor qayd etish, davlat boji
va boshqa to`lovlarning to`g`ri hisoblanishi va undirilishi ustidan nazoratning yangi shakllarini, jumladan, masofaviy nazoratni joriy etish;

sakkizinchi - aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirishni nazarda tutgan holda davlat boji stavkalarini, gerb yig`imlarini va FXDYo organlari tomonidan ko`rsatiladigan pullik xizmat tariflarini optimallashtirish fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish institutini yanada isloh qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari etib belgilanganligi;

b) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari
va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5415-sonli Farmoniga asosan 2018 yil 1 iyuldan boshlab FXDYo organlarining huquqni qo`llash amaliyotini muvofiqlashtirish, faoliyatini metodik ta`minlash, “FXDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish, FXDYoning hududiy arxivlariga rahbarlik bo`yicha vazifalar O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi zimmasiga yuklatilgan holda, FXDYo organlari tumanlar (shaharlar) hokimiyatlari tasarrufiga o`tkazilganligi ma`lumot uchun qabul qilinganligi;

v) Majburiyatlarni muvofiq taqsimlash va javobgarlik sohalariga asosan:

tumanlar (shaxarlar) hokimlari FXDYo bo`limlari va nikoh uylari (keyingi o`rinlarda - FXDe bo`limlari) faoliyati, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ular xodimlarining mehnatiga hak to`lash
va moddiy rag`batlantirish ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshirishi;

tumanlar (shaharlar) hokimlarining o`rinbosarlari - tuman (shahar) xotin-qizlar qo`mitalari raislari oilani mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, tug`ilish va nikohni o`z vaqtida qayd etish, targ`ibot
va ma`rifat bo`yicha chora-tadbirlarni ko`rishga shaxsan mas`ul hisoblanishi;

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining direktori FXDYo bo`limlarida huquqni qo`llash amaliyotini samarali muvofiqlashtirish, faoliyatini metodik ta`minlash, “FXDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimini texnik ta`minlash
va yuritish, shuningdek, FXDYo arxivlariga rahbarlik qilishga mas`ul hisoblanishi;

tumanlar (shaharlar) FXDYo bo`limlari mudirlari qayd qilinayotgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining qonuniyligi uchun shaxsan mas`ul hisoblanishi;

g) Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

d) 2018 yilning 1 iyulidan:

nikoh shartnomasini va aliment to`lash haqida kelishuvni notarial tasdiqlaganlik;

sudlar tomonidan otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tug`ilganligi, shuningdek, tug`ilgan vaqti faktlarini aniqlash to`g`risidagi arizalarni ko`rganlik uchun davlat boji undirilishi bekor qilinganligi;

e) FXDYo organlarini, O`zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarini va fuqarolar yig`inlarini qat`iy hisobda turuvchi gerbli guvohnomalar blankalari bilan O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ta`minlashning amaldagi tartibi saqlab qolinganligi.

j) 2018 yilning 1 iyulidan boshlab:

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining maxsus g`aznachilik shaxsiy hisobvarag`iga gerb yig`imidan tushadigan mablag`larning 40 foizi, shuningdek, FXDYo bo`limlari tomonidan ko`rsatiladigan pullik xizmatlar Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus tashkil qilinadigan g`aznachilik shaxsiy hisobvarag`iga yo`naltirilishi va faqat FXDYo bo`limlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo`yicha tadbirlari, xodimlarining uzoq muddat xizmat qilgani uchun ish haqiga ustama haq to`lash va martaba darajalari uchun qo`shimchalariga, shuningdek, ularni moddiy rag`batlantirishga (lavozim maoshining va mukofotlarning 100 foizi miqdorigacha shaxsiy ustamalar) ishlatilishi;

maxsus tashkil qilinadigan g`aznachilik shaxsiy hisobvarag`iga yo`naltirilgan mablag`lardan foydalanish O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo`yilganligi;

z) O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

2019 yilning 1 yanvaridan boshlab FXDYo organlari bilan tug`ilish
va o`lim to`g`risida elektron ma`lumotlar almashishni yo`lga qo`yish, shuningdek tug`ilish va o`lim haqida yagona noyob kodli unifikatsiyalangan elektron ma`lumotnoma berishning yagona tartibini joriy kilish;

2019 yil 1 yanvarga qadar fertil` yoshidagi ayollarni hisobga olish
va homiladorlikning erta bosqichidan chaqaloq tug`ilguniga qadar hisobini olib borishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish hamda uni “FXDe yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilishni ta`minlash topshirilganligi;

i) O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2018 yil 1 iyulga qadar FXDYo bo`limlari tomonidan foydalanilayotgan bino va inshootlar qismini hamda ularga tegishli jihozlar, inventarlar, hujjatlar va boshqa mulklarning belgilangan tartibda tumanlar (shaharlar) hokimliklariga berilishini ta`minlashi;

FXDYo organlari tomonidan foydalanilayotgan bino
va inshootlarning bir qismi o`z maqsadlarida foydalanish uchun adliya organlarida saqlanib qolinishi;

tumanlar (shaharlar) hokimiyatlariga berilgan FXDYo bo`limlarining bino va inshootlaridan keyinchalik boshqa maqsadlarda foydalanish hamda ularni begonalashtirishga faqat O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishilgan holda ruxsat berilishi belgilab qo`yilganligi;

k) Qayd etilmagan tug`ilganlik, o`lim holatlarini aniqlash
va keyinchalik ularni FXDYo organlarida qayd etilishini ta`minlash bo`yicha tumanlar (shaharlar) hokimlari boshchiligida 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda hududiy komissiyalar tashkil etilganligi;

Hududiy komissiyalarga:

2019 yilning 1 iyuliga qadar qayd etilmagan tug`ilganlik, o`lim holatlarini aniqlash nuqtai nazaridan to`liq xatlovdan o`tkazish, uning natijasida tug`ilganlik, o`lim holatlarining qonun hujjatlariga muvofiq manzilli qayd etilishini ta`minlash;

o`z faoliyatida tug`ilganlik haqidagi guvohnomasi mavjud bo`lmagan bolalarni aniqlashga alohida e`tibor qilish, bunda “Bironta ham bola qayd etilmasdan qolishi mumkin emas” va “Tug`ilganlikni qayd etilishi - bola huquqlarini ruyobga chiqarilishining va fuqarolik bo`lmasligini oldini olishning huquqiy asosidir” degan ezgu g`oyalarga amal qilish topshirilganligi;

m) O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga:

keyinchalik “Yagona elektron FXDYo arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilish uchun FXDYo organlarida saqlanayotgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini raqamli ko`rinishga o`tkazilishini, yagona elektron FXDYo arxiv fondi shakllantirishni 2022 yil 1 yanvarga qadar tugatish;

dalolatnomalar yozuvlari ma`lumotlarini “Yagona elektron FXDYo arxivi” axborot tizimiga kiritish bo`yicha ishlarni bajarish uchun yuridik shaxslar bilan pudrat shartnomalarini tuzish;

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2018 yilning 1 sentyabridan davlat boji, gerb yig`imlari
va boshqa to`lovlarni to`lashda elektron to`lovlar (billing) mexanizmni to`laqonli joriy etish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2019 yilning 1 yanvaridan bola tug`ilganligi haqidagi guvohnoma qayd etilishida chaqaloqlarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami berilishini amaliyotga joriy etish topshirilganligi;

n) 2021 yilning 1 iyuliga qadar muddatda fuqarolik holati dalolatnomalarini raqamli ko`rinishga o`tkazish, idoralararo elektron hamkorlik tizimini yaratish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro`yxat bo`yicha olib kiriladigan O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan skaner qilish qurilmalari, server va boshqa jihozlar hamda ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar bojxona to`lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlaridan tashqari) ozod etilganligi;

o) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddatda quyidagilarni:

FXDYo organlari hamda FXDYo bo`limlari xodimlarining martaba darajalari to`g`risidagi nizomlar;

FXDYo bo`limlari xodimlarining mehnatiga haq to`lash bo`yicha razryadlar va tarif koeffitsientlari;

FXDYo bo`limlarining martaba darajalariga ega bo`lgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari;

martaba darajalari uchun sudlar va adliya organlari xodimlarining lavozim maoshlariga qo`shiladigan qo`shimcha haq miqdorlarini tasdiqlash haqida qaror qabul qilish topshirilganligi;

p) O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartish va qo`shimchalar to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Nukus shahar va tumanlar hokimliklariga:

Qayd etilmagan tug`ilganlik, o`lim holatlarini aniqlash
va keyinchalik ularni FXDYo organlarida qayd etilishini ta`minlash bo`yicha tumanlar (shahar) hokimlari boshchiligida ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda hududiy komissiyalar tashkil etilsin.

Hududiy komissiyalar:

2019 yilning 1 iyuliga qadar qayd etilmagan tug`ilganlik, o`lim holatlarini aniqlash nuqtai nazaridan to`liq xatlovdan o`tkazish, uning natijasida tug`ilganlik, o`lim holatlarining qonun hujjatlariga muvofiq manzilli qayd etilishini ta`minlasin;

o`z faoliyatida tug`ilganlik haqidagi guvohnomasi mavjud bo`lmagan bolalarni aniqlashga alohida e`tibor qilish, bunda “Bironta ham bola qayd etilmasdan qolishi mumkin emas” va “Tug`ilganlikni qayd etilishi - bola huquqlarini ruyobga chiqarilishining va fuqarolik bo`lmasligini oldini olishning huquqiy asosidir” degan ezgu g`oyalarga amal qilsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi   

Vazirlar Kengashining Raisi

 

                            Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 2315